4 oydan 6 oygacha bo’lgan yosh - bolani birinchi mahsulotlar bilan tanishtirish uchun eng qulay vaqt. Boshlanishiga nimani tanlash kerak: bolalar bo’tqasimi yoki sabzavotli pyuremi? Mutaxassislar 4 oydan 6 oygacha bo’lgan yoshda birinchi qo’shimcha ovqat sifatida nimani tavsiya qiladilar?
Bolaning barkamol o’sishi va rivojlanishi uchun uning ovqatlanishi muvozanatlashtirilgan bo’lishi lozim. Agar ko’p hollarda bola uchun hayotining birinchi oylarida ona suti yoki mutaxassis tomonidan tavsiya etilgan sut aralashmasidan oladigan moddalar yetarli bo’lsa, hayotning ikkinchi yarim yilligiga yaqinroq qo’shimcha ovqatlarni kiritish haqida o’ylashni boshlash lozim. [1]
Ratsionga har qanday yangi mahsulotni kiritishdan oldin qilinishi lozim bo’lgan birinchi va asosiy narsa - mutaxassis bilan maslahatlashishdir! Bolaning ko’krak suti bilan ovqatlantirilishi yoki sut aralashmasini ite’mol qilishi muhim emas - ular hech bo’lmaganda bola 12 oylik yoshga to’lgunga qadar uning ratsionida qoladi. Odatda, 4 oydan 6 oygacha bo’lgan davrda mutaxassislar ratsionga qo’shimcha ovqatlarni kiritishni tavsiya qilishadi.
Kichkintoyingizni kattalar ovqati bilan tanishtirishdan oldin, bolaning sog’lig’ini kuzatayotgan mutaxassis bilan maslahatlashingiz kerak. Vaznining oshishi va o’sish dinamikasi, hamda boshqa bir qator muhim ko’rsatkichlarga asoslangan holda, mutaxassis ovqatlantirish uchun birinchi qo’shimcha mahsulotni tavsiya qiladi. Ko’p hollarda - bu sutsiz bolalar bo’tqasi yoki bolalar sabzavotli pyuresi bo’ladi.
4 oydan 6 oygacha bo’lgan davrda qo’shimcha ovqatlar bilan tanishish bir tarkibiy qismli sutsiz bo’tqalar yoki sabzavotli pyurelardan boshlanadi. Birinchi holda, glyutensiz bolalar bo’tqalari tavsiya etiladi — grechka yoki guruch, birozdan so’ng esa makkajo’xori.
Agar pediatr sabzavotli pyurelardan boshlashni tavsiya qilsa, ular ham bir tarkibiy qismli bo’lishi kerak. Bolani kabachki, brokkoli yoki gulkaram pyuresi bilan tanishtirish mumkin.
Ilk yoshdagi bolalarning ovqatlanishida sanoat ishlab chiqarishi mahsulotlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday mahsulotlar qat’iy sifat nazoratidan o’tadi va bolakay uchun zarur bo’lgan to’yinish darajasiga ega bo’ladi.
Mevali pyurelar ratsionga kechroq, bolakay sabzavotli, go’shtli pyurelar va bolalar bo’tqalari bilan tanishgandan so’ng kiritiladi. Bolada to’g’ri ovqatlanish odatlari shakllanishi uchun, albatta, mutaxassis bilan maslahatlashishni unutmang. Ota-onalarning o’zlari oqilona ovqatlanish tamoyillariga rioya qilsalar va bolaga erta bolalikdan bunday odatlarni singdirsalar nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.
Qo’shimcha ovqatlarni emizishni davom ettirish jarayonida kiritish muhimdir. Qo’shimcha ovqatlarni kiritish davrida laktatsiyani saqlab qolish uchun har bir ovqatlantirishdan so’ng bolani emizish lozim.
Qo’shimcha ovqatlarni qabul qiladigan bolalarga suvni sutkasiga 150-200 ml hajmda ovqatlanish oralig’ida kichik porsiyalarda (yaxshisi ixtisoslashtirilgan bolalar suvini) taklif qilish kerak.