Bolalar isteʼmoli mahsuloti qadog’i nuqsonlarini qanday qilib tekshirish mumkin?
282 просмотров
15 декабря 2022

Bolalar isteʼmol qiladigan mahsulotlarni xarid qila turib, nafaqat mahsulot tarkibi va yaroqlilik muddatiga, balki uning qadogʼiga ham eʼtibor bering. Qulay qadoqdagi mahsulot, ota-ona hayotini biroz boʼlsa-da osonlashtiradi va ularni xotirjam qiladi. Qadoqning butunligi va germetikligini tekshirib, isteʼmol qilish mumkin boʼlmagan mahsulotning xarid qilinishini oldini olgan boʼlasiz.

Doʼkon tokchalarida, bolalar isteʼmoli mahsulotlari turli xil qadoqlarda uchraydi. Bir martalik tamaddi uchun anʼanaviy shisha bankachalar, tetropak qutichalar, plastik stakanchalar va butilkalar, yumshoq pauch-qadoqlar — har bir qadoq turining oʼziga xos xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklari mavjud. 

Keling, qadoq ishlab chiqarilgan material, qanday qilib siz xarid qilayotgan mahsulotning xususiyatlariga taʼsir qilishini aniqlab olaylik.

Shisha

Bolalar isteʼmoli mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, odatda, shisha bankachalarga — mevali, sabzavotli, goʼshtli pyurelarni, shuningdek, quyuqligi darajasiga koʼra pashtetlarga oʼxshash barcha mahsulotlarni qadoqlashadi. Shisha qadoqdagi mahsulotni qaynoq suvda yoki maxsus qizdiruvchida isitish qulay. 

Shisha qadoqning afzalliklari — materialning ekologik tozaligi va xavfsizligi. Shisha kimyoviy jihatdan neytral boʼlib, bankacha ichidagilar bilan reaktsiyaga kirishmaydi, uni qayta ishlash oson. Saqlash sharoitlarga tavsiyalarga rioya qilinsa (mahsulot muzlamasa va toʼgʼridan-toʼgʼri quyosh nurlariga duchor boʼlmasa, qopqoq shikastlanishi yoki qayrilishiga yoʼl qoʼyilmasa), u mahsulotning butun yaroqlilik muddati davomida uning foydali xususiyatlarini yoʼqotmasdan saqlanishini taʼminlaydi. 

Shisha bankachalar uyda, yaʼni qoʼlingiz ostida qoshiq va taomni isitish uchun qurilmalar boʼlgan vaqtda, bolani ovqatlantirish uchun qulay. Shishaning kamchiliklari — uning nozikligida: dunyoda shunday bankachani sindirib qoʼymagan bitta ham ota-ona topilmasa kerak.

Shisha qadoqni qanday tekshirish mumkin?

Notoʼgʼri tashish yoki saqlashda ishonchli shisha qadoqda ham nuqsonlar paydo boʼladi. Zarba, tebranish yoki harorat oʼzgarishlari natijasida qopqoq shikastlanishi va bankacha germetikligini yoʼqotishi mumkin. 

Saqlash tavsiyalarga rioya qilmaslik yoki yaroqlilik muddatining oʼtib ketishi qopqoqning boʼrtib chiqishiga olib keladi. Darz ketgan, singan joylari bor, qopqogʼi shishib chiqqan yoki bukilgan bankachalarni xarid qilmang. 

Bundan tashqari, albatta, qopqoqni ochishdagi ovozga eʼtibor qarating — siz yengil, ammo aniq qarsak tovushni eshitishingiz lozim. Bu ichidagilarni bolaga berish mumkinligining kafolatidir. Qarsak tovushni eshitmadingizmi? Bunday taomni bolaga berib boʼlmaydi.

Karton

Karton qutichalarga, odatda, suyuq konsistentsiyadagi mahsulotlarni quyishadi — sharbat va nektarlar, sut, sut kokteyllari, kompotlar, morslar. Shuningdek, ularga sabzavotli va mevali shoʼrva-pyurelarni, boʼtqalarni ham qadoqlashadi.

 Quticha kartondan qilingan deb atalsa ham, u aslida turli materiallardan qilingan bir necha qatlamdan iborat — kartondan tashqari unda yupqa polietilen plyonka va alyuminiy folgasi mavjud. Bunday "qatlamli pirog" tashqi muhitdan samarali himoya vazifasini oʼtaydi. Germetik qadoq barcha vitamin va foydali mikroelementlarni saqlab qoladi va shaffof shishadan farqli ravishda quyosh nurlarini oʼtkazmaydi. 

Qutichalarni saqlash qulayroq, ular zarbalarga chidamli va shisha qadoqlardan koʼra yengilroq. Biroq, kompozit materiallarni qayta ishlash shishadan koʼra qiyinroq.

Karton qutichalarni qanday tekshirish mumkin?

Koʼpincha, qutichalar plastik trubochka va uning uchun folga bilan yopilgan teshikcha — yoki, ichida folga bilan qoplangan qopqoq bilan jihozlangan. Baʼzan, insofsiz xaridorlar doʼkonda mazkur qoplamani ochishadi yoki u tashish vaqtida yirtiladi. Аlbatta, folga joyida ekanini, chetidan ochilmaganini yoki yirtilmaganini tekshiring. 

Аgar quticha aylanib kiruvchi qopqoqqa ega boʼlsa, qopqoq qadoqqa mahkam yopishganini va undan ajralmaganini, qopqoq ostidagi barcha "qulfchalar" butunligini tekshiring. Qutichada darz ketgan joylar, oʼyiqlar, shishib chiqishlar boʼlmasligi lozim.

Plastik

Plastik konteyner va butilkalarda, odatda, bolalar sut va sut mahsulotlari — boʼtqalar, biotvorog, yogurt yoki qatiqqa oʼxshagan ichimliklar sotiladi. 

Odatda, ularni maxsus folgalangan qoplama bilan yopishadi. Bunday bankachalar juda yengil boʼlib, tushib ketganda sinmaydi — bu ularning asosiy afzalligi. Аmmo, qadoq zarbalanganda, plastik deformatsiyalanishi, folga-qopqoq esa — yirtilishi mumkin, oʼshanda ichiga tashqi muhitdan patogen mikroorganizmlar tushishi mumkin. 

Zavodda mahsulotga patogen mikroorganizmlarning tushishining imkoni yoʼq: chunki ishlab chiqarish jarayonida barcha jarayonlar toʼliq yopiq va avtomatlashtirilgan, tayyor mahsulot esa qattiq tekshiruvdan oʼtadi.

Ekspert sharhi

"Xarid vaqtida, siz foydali, mazali va xavfsiz mahsulotni sotib olayotganligingizga ishonch hosil qilish uchun, bolalar isteʼmol mahsuloti qadogʼining butunligini tekshirish juda muhim", — deya izoh bermoqda АJ "PROGRESS" ("FrutoNyanya" brendining) sifat boʼyicha direktori Olga Krasnikova.

Plastik qadoqni qanday tekshirish mumkin?

Tashqi tekshiruv vaqtida plastik stakancha va butilkachalar butun boʼlishi, oʼyiqlari boʼlmasligi lozim. Qopqoqqa eʼtibor qarating — u qadoqqa mahkam birlashgan va hech qayeri yirtilmagan boʼlishi lozim.

Pyure uchun pauch-paketlar

Pauchlar — qadoqning nisbatan yangi turi boʼlsa-da, koʼpchilik ota-onalar uning shubhasiz qulayligiga baho berishdi. Bu xaltachaga oʼxshagan, yumshoq, ammo zich plastikdan qilingan, aylanib kiritiladigan plastik qopqoqqa ega qadoqdir. 

Bunday qadoqlarga pyure va pyuresimon desertlarni — bolaga yoʼlda berish mumkin boʼlgan, u oʼz qoʼli bilan ushlab olib, mustaqil ravishda ovqatni undan siqib chiqara oladigan taomlarni joylashadi. Pauch qadoqda uchi maxsus boʼlganligi tufayli, ota-onalar atrofdagi narsalarni ifloslanishidan qoʼrqmasliklari mumkin. Bunday qadoqlarni, ayniqsa, oʼzingiz bilan sayrga olib chiqish qulay — ular yengil, ixcham, sinmaydi va ezilmaydi.

Pauch-paketlarni qanday tekshirish mumkin?

Bu holda ham yana qadoqning butunligiga eʼtibor qarating — pauchlarni yirtish yoki buzish juda qiyin, ammo bu baʼzan sodir boʼladi. Xavfli qismi — qopqoqchasi: ochish vaqtida, siz, qadoqning germetikligini bildiruvchi oʼziga xos qarsak tovushni eshitishingiz lozim.

Quruq mahsulotlar uchun paketlar

Yumshoq plastik qadoqlar quruq mahsulotlarni — suv yoki sut bilan aralashtirish yoki qaynatish kerak boʼlgan boʼtqalarni, shuningdek, turli xil sneklarni (masalan, marmeladga oʼxshagan meva boʼlakchalari) qadoqlash uchun ham ishlatiladi. 

Bunday qadoqlar mustahkam ZIP-qulf bilan taʼminlangan — u paketni germetik tarzda yopadi, mahsulotni sof holda saqlaydi va uni namlik kirishidan asraydi. Hatto bola yopiq qadoqni qoʼlga olganida va u bilan oʼynashni istaganida ham ichidagilari toʼkilib ketmaydi.

ZIP-qulfli qadoqlarni qanday tekshirish mumkin?

qulfning germetikligini tekshiring — u butun va yirtilmagan boʼlishi lozim. Qadoqning oʼzini ham tekshiring: bukilgan, darz ketgan joylar, tirqishlarning borligi — bu qadoqni tokchada qoldirish uchun asosdir. Doʼkon xodimini chaqiring, unga buzilgan mahsulotni koʼrsating va boshqa xaridorlar uni olib ketmasligi uchun tokchadan olib tashlashini ayting.


Manba: https://kun.uz/33505404

Мазмұны
Оқу уақыты: ~ 4 мин