Agar bola ovqatdan bosh tortsa yoki unga taklif qilingan taomlarning aksariyatini iste'mol qilmasa nima qilish kerak? Ovqatlanishning buzilishi qanday ko'rinishga ega va qaysi hollarda ular ota-onalarni xavotirga solishi kerak? Bolaning ishtahasini qanday ko'tarish va kam yeydigan kichkintoyni ovqatlantirish kerak? Batafsil ko'rib chiqamiz.
Ilk yoshlardagi bolalarda ishtahaning pasayishi yoki to'liq yo'qolishi mumkin bo'lgan bir qator sabablar mavjud. Emizikli bolalarda, ko'pincha, jismoniy muammolarning turli xil ko'rinishlari asosida ishtaha yo'qoladi. Kattaroq yoshdagi bolalarda ovqatdan to'liq yoki qisman voz kechish nafaqat yomon sog'liq bilan, balki ruhiy-hissiy omillar bilan ham bog'liq bo'lishi mumkin: stress, rivojlanishlarning turli darajalarda bo'lishi, sharoitlarning o'zgarishi, intellektual yukning oshishi.
Agar ota-onalar bolakay nima uchun yomon ovqatlanayotganini tushunishni istasalar, uning organizmida biron-bir yoqimsiz fiziologik jarayonlar sodir bo'lyaptimi yoki yo'qligini baholashlari kerak:
Aynan ular bolaning ishtahasiga bevosita ta'sir qilishi, ovqatdan bosh tortishi yoki injiqliklarning oshishi va ma'lum oziq-ovqat guruhlarini iste'mol qilishni istamaslik oqibatlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Har qanday stressli vaziyat ham boladagi yomon ishtahaga sababchi bo'lishi mumkin. Ishtaha va ovqatlanish buzilishining darajasi va davomiyligi stress ta'sirining kuchiga, hamda bola asab tizimining individual xususiyatlariga ham bog'liq.
Bolalar hayotida stressli vaziyatlar ko'p bo'lishi mumkin:
Agar ota-onalar farzandining hech narsa yemayotganligi yoki ba'zi oziq-ovqat guruhlarini rad etishini sezsa, uning ratsioni va ovqatlanish rejimini baholashi kerak. Buning uchun bir hafta yoki bir oy (yoshiga qarab) oziq-ovqat kundaligini yuritish, so'ngra bolaning ovqatlanish xatti-harakatlari uning yosh me'yorlariga mos kelishini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashish lozim, masalan, muntazam tekshiruv vaqtida pediatr bilan.
Balki, bola o'z yoshi uchun unchalik ham oz ovqat iste'mol qilmayotganligi va ishtahaning o'zgarishi organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonlarning normal o'zgarishi bilan bog'liq ekanligi kelib chiqishi mumkin. Agar ishtahaning o'zgarishi bolaning ehtiyojlariga mos kelmasa, ularning sabablarini tushunib olish kerak.
Kichkintoyda ovqatdan bosh tortish ota-onalarni xavotirga solishi kerak, chunki bu deyarli barcha hollarda bolaning organizmida qandaydir muammolar mavjudligini ko'rsatadi:
Maktabgacha yoshdagi bolalar ham organizmdagi yoqimsiz fiziologik jarayonlar tufayli ovqatdan bosh tortishlari mumkin. Biroq, maktabgacha yoshdagi bolada boshqa sabablarga ko'ra ishtahasi bo'lmagan holatlar ham yuzaga kelishi, bu esa psixologik xususiyatga ega bo'lishi mumkin.
Masalan, bu yoshda bolalarda neofobiya — yangi narsalardan qo'rqish yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda, bola yangi mahsulotlar yoki tarkibida notanish qismga ega tanish ovqatlarni iste'mol qilishdan bosh tortadi. Ba'zi bolalarga xos bo'lgan ovqatlanishda tanlovchanlik ham ishtahaga ta'sir qiladi va ratsionni anchagina cheklaydi.
Ko'pincha, ovqatlanishdan bosh tortishi kattalar ovqatlanishga juda ko'p e'tibor berishlari va bolani ovqat iste'moliga majburlashlari, ovqatlanishni jazo yoki o'yin-kulgiga aylantirishi bilan bog'liq. Bunday hollarda ovqatdan bosh tortish bola uchun yoqimsiz tajribalardan qochishga yoki aksincha, yanada yoqimli his-tuyg'ularga ega bo'lishga harakat qiladigan usulga aylanadi.
Maktab yoshidagi bolalarning ovqatlanish xatti-harakatlari ham yuqorida sanab o'tilgan barcha jarayonlarga bog'liq bo'lishi mumkin, biroq bu davrda ular ko'pincha ijtimoiy omillar ta'siri ostida qoladi. Bola o'z tengdoshlarining ovqatlanish xatti-harakatlariga e'tibor berishni boshlaydi, trendlar, ijtimoiy tarmoqlardagi videolarga va reklamalarga e'tibor beradi, modaga ergashishni xohlaydi yoki aksincha, odatdagi muhitda ajralib turishni istaydi.
O'smir ovqatdan bosh tortgan yoki umumiy ovqat qabulidan qochishni boshlagan holatlarda uning psixologik ahvolini baholash juda ham muhim. Unda ishonchsizlik belgilarini mavjudmi, o'qish tufayli hayotida stress va ortiqcha yuklama bormi? Bunday hollarda nafaqat pediatr, balki bolalar psixologi bilan ham maslahatlashish lozim.
Ovqatlanishdan ba'zi hollarda bosh tortish yoki qisqa muddatli ishtaha yo'qolishi holatida tashvishlanishga hojat yo'q. Ehtimol, bu vaqtinchalik holat va bolani ovqatlanishga majburlashning hojati yo'q — uning keyingi holatini kuzatib borish kifoya. Farzandingiz muntazam ravishda ovqatdan bosh torsa va/yoki uzoq vaqt davomida ishtahani yo'qotsa, ehtiyot bo'lishingiz kerak.
Agar bola uzoq vaqt davomida hech narsa yemasa, haqiqatan ham biror chora ko'rish vaqti kelgan bo'ladi. Birinchi navbatda, bunday xatti-harakatning sababini aniqlash kerak bo'ladi. Agar bu ma'lum bir omil bo'lsa (kasallik, stress yoki yuqoridagi bo'limlarda aytib o'tilgan sabablardan biri), u holda ishtaha yo'qolishi holatida uni tiklash mumkin bo'ladi.
Kam ovqatlanuvchi, sog'lom, lekin ovqatni o'ta tanlab iste'mol qiladigan va injiq bolalardagi vaziyat boshqacha - bunday vaziyat ularning psixofiziologik xususiyatlari yoki ovqatlanish rejimi va ratsioni avval boshidanoq to'g'ri shakllantirilmagani tufayli yuzaga keladi. "Bunday bolaning ishtahasini qanday yaxshilash mumkin?" degan savolga javob bir qancha amallarning uyg'unlashuvi ostida yotadi.
Bolaning ishtahasini qanday oshirish haqida qayg'urayotganda, muammoni bo'rttirmaslik va ovqatlanish qabuliga juda ko'p ahamiyat bermaslikdir lozim. Bunda xotirjamlik va optimistik munosabat yordam beradi. Bolaning ratsionini asta-sekinlik bilan kengaytirish, hach qanday hollarda ham uni odatdagi ovqatdan mahrum qilmaslik yoki uni yangi narsalarni sinab ko'rishga majbur qilmaslik kerak.
aklif qiling, xotirjamlik bilan likopchaga oz miqdorda yangi ovqat qo'ying, lekin agar bola yana rad etsa, uni urushmang. Bir oz kutib turing va yangi ta'mni yana taklif qiling. Bunda jalb qiluvchi fonni yaratish juda muhim: o'zingiz ham yangi taomni zavq bilan iste'mol qiling, mahsulotlar haqida hikoya qilib bering, o'yinchoq oshxonada birga "ovqat pishiring".
Sizning vazifangiz bolangizni maksimal miqdordagi ovqat bilan boqish emas, balki u uchun barcha asosiy oziq-ovqat guruhlarini o'z ichiga olgan turli xil ratsionni yaratish ekanligini tushunish muhimdir. Ratsionning hajmi bolaning yoshi uchun belgilanganidan kamroq bo'lsa ham, asosiysi, bolaning o'sishi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan barcha oziq moddalarni olishi va turli xil ovqatlarga psixologik ko'nikishidir.
Noto'g'ri ta'mga bo'lgan qiziqishlar va ovqatlanish buzilishi ko'pincha bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida shakllanadi. Agar ratsion muvozanatlangan bo'lmasa va qo'shimcha oziq-ovqatlarni kiritish tartibsiz tarzda va asosiy qoidalarga rioya qilmasdan sodir bo'lsa, ota-onalar keyinchalik bola ovqatdan bosh tortishi va buning uchun biror chora ko'rish kerakligi haqida tashvishlanishlari ehtimoli katta.
Bolalarning ovqatlanish odatlarining shakllanishida oilaning kundalik turmush tarzi, kattalar namunasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Hayotning birinchi yillarida, bola alohida ovqatlanayotganda, bu unchalik ham sezilmaydi. Ammo bola qanchalik katta bo'lsa, oilaning katta a'zolari to'g'ri ovqatlanmasa, uning to'g'ri ovqatlanish ehtimoli ham shunchalik pasayadi.
Shuning uchun bolada ovqatlanish madaniyati asoslarini erta yoshdan boshlab singdirish kerak: to'g'ri ratsion va ovqatlanish tartibini o'rnatish, bir dasturxon atrofida yig'ilish, ovqatlanish xatti-harakati va odatlari bilan o'rnak bo'lish.
Tez-tez so'raladigan savollar:
Bir yoshdan katta bolalarning ovqatlanish tartibi, odatda, besh martalik ovqatlanishni o'z ichiga oladi: uchta asosiy va ikkita tamaddi. Agar bola bitta ovqatlanishni o'tkazib yuborsa yoki tamaddidan bosh tortsa, bu me'yorning bir ko'rinishi bo'lishi mumkin. Agar ovqatdan bosh tortish tizimli ravishda yuz bersa yoki bola to'satdan kun bo'yi ovqatlanmasa, sabablarini aniqlash uchun uni shifokorga ko'rsatish ma'qul.
Ota-onalar yoki katta qarindoshlar ko'pincha o'z so'rovlarini xuddi shunday shakllantiradilar: bolani ovqatlanishga qanday majbur qilish kerak? Iltimos, bolalarni majburan ovqatlantirish va ichishga majburlashning keragi yo'qligini unutmang! Bu faqatgina muammoning kuchayishiga olib keladi va kelajakda ovqatlanish buzilishining rivojlanishi va ovqatlanish xatti-harakatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Shunchaki bolaning yoshiga mos muvozanatlangan ovqatlanishini shakllantirishingiz va qulay ovqatlanish sharoitlarini yaratishingiz kerak. Bolaning ovqatdan bosh tortishi jiddiy sabablarini o'tkazib yubormaslik uchun pediatr bilan ham maslahatlashish tavsiya etiladi.
Ha, qo'shimcha ovqatlarni juda erta yoki aksincha, kech kiritish, bolani tartibsiz ovqatlantirish rejimi, noto'g'ri ratsion tarkibi bolaning ovqatlanish xatti-harakati va sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Bunday qilish yaramaydi - bu ovqatlanish qabullarining qadri tushishiga olib kelishi mumkin. Agar bolaning diqqati ekranda yoki o'yinchoqlarda jamlasa, u ovqatga muhim kundalik marosim sifatida qarashni o'rganmay qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati