Kichkintoyga qo'shimcha ovqatlarni kiritish vaqti kelganida, ulg'ayib qolgan bolakayning ratsionida paydo bo'ladigan birinchi taomlardan biri - bo'tqa hisoblanadi. Qaysi bo'tqani tanlash ma'qul? Keling bilib olaylik.
Bolaning ovqat stolida birinchilardan bo'lib sutsiz bir tarkibiy qismli bo'tqalar paydo bo'ladi. Mazkur bo'tqalar bir xil turdagi boshoqlilardan ishlab chiqarilgan bo'lib, tarkibida sut saqlamaydi, ular suv, ko'krak suti, agar kichkintoy sun'iy oziqlantirishda bo'lsa, moslashtirilgan sut aralashmasi bilan suyultirilishi lozim.
Odatda, mutaxassislar birinchi qo'shimcha ovqat sifatida bolaning ratsioniga bo'tqalar yoki sabzavot pyurelarini kiritishni tavsiya etadilar. Muayyan mahsulotning tanlovi bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Masalan, agar bolakayning vazn olish jarayoni sust borayotgan bo'lsa, unga birinchi qo'shimcha ovqat sifatida bo'tqa tavsiya etiladi.
Birinchi qo'shimcha ovqat sifatida mutaxassislar grechka va guruch bo'tqasini tavsiya qiladilar, chunki ular gipoallergen va o'z tarkibida - ko'pincha chaqaloqning ovqat hazm qilish va immun tizimining yetuk emasligi tufayli oziq-ovqatni ko'tara olmaslik vaziyatini keltirib chiqaradigan - glyutenni saqlamaydi.
Bola uchun bo'tqaning birinchi porsiyasi hajmi — 1 choy qoshiq. Kunning birinchi yarmida iste'mol qilish maqsadga muvofiq. Agar allergik reaksiya kuzatilmagan bo'lsa, unda 7-10 kun davomida porsiya hajmi asta-sekinlik bilan 150 mlgacha oshiriladi — mazkur yosh bo'ycha me'yor 5-6 oylik bolaga mos keladi.
6 oyligida bolaga kuniga 150 g, 7-8 oyligida — 170-180 g, 9-12 oydan boshlab esa — 180-200 g bo'tqa berish mumkin.
Grechka va guruchdan so'ng kichkintoyning menyusida makkajo'xori va suli paydo bo'lishi mumkin.
Yormalar alohida-alohida holda sinab ko'rilganda, bolaga ko'p turdagi boshoqlilardan bo'tqani taklif qilishingiz mumkin, ular 3, 4 yoki hatto 5 xil turdagi boshoqlilardan tayyorlangan bo'lishi mumkin.
Bundan tashqari, ko'pincha, bolalar taomlari ishlab chiqaruvchilari sutsiz bir tarkibiy qismli bo'tqalarga maydalangan mevalarni qo'shadilar, bu esa bolakayning ta'm xilma-xilligini kengaytirishga imkon beradi.
Agar bolada allergik kasalliklar bo'lmasa va u boshoqlilarning ratsionga kiritilishini yaxshi qabul qilgan bo'lsa, 2-4 haftadan so'ng unga sutli bo'tqani taklif qilish mumkin.
Bu yerda asosiy tamoyil saqlanib qoladi, sutli bo'tqalar bo'lishi mumkin:
Sutli bo'tqalar, odatda, bolaga uning uchun yangi ovqatni osonroq hazm qilishga va barcha foydali moddalarni o'zlashtirishga yordam beradigan pre- va probiotiklar majmuasi bilan boyitiladi. Shuningdek, bo'tqalar ko'pincha temir, vitaminlar va mikroelementlar bilan boyitiladi.
Bo'tqa, odatda, kuniga bir marotaba kunning birinchi yarmida beriladi. Bolakayning yoshiga mos bo'tqa hajmini oshirish mumkin emas. Birinchidan, bunda siz bolaning menyusini u turli xil ovqatlarni sinab ko'rishi va sog'lom ovqatlanish odatlarini shakllantirishiga imkon beradigan tarzda tuza olmaysiz, ikkinchidan, bo'tqa yuqori uglevodli mahsulot bo'lib, ortiqcha uglevodlar bolaga foyda keltirmaydi.
Funktsional bo'tqalar alohida ko'rib chiqilishi lozim. Ular, odatda, ma'lum bir muammoni hal qilishga qaratilgan. Ba'zilari ich qotishini bartaraf qilishga yordam beradi, ularning tarkibida qora olxo'ri, quritilgan o'rik yoki achigan sut mahsulotlari, prebiotiklarni topishingiz mumkin, boshqalari esa yuqori ozuqaviy qimmati yoki jo'ka rangining mavjudligi tufayli bolani qattiq uxlab qolishiga yordam beradi.
Probiotiklar — normal ichak mikroflorasining bir qismi hisoblangan bakteriyalardir. Hozirgi vaqtda lakto- va bifidobakteriyalarni o'zida saqlovchi bir qator bo'tqalar ishlab chiqarilmoqda. Shunisi e'tiborga loyiqki, mazkur bo'tqalar ham sog'lom bolalar, ham ovqat hazm qilishning funktsional buzilishlari bo'lgan bolalar uchun mos bo'lib, ularga tuzatish kiritishga yordam beradi.
Bir yoshdan katta bo'lgan, ulg'aygan bolalar uchun, bolalar bo'tqalari ishlab chiqaruvchilari, odatda, meva va rezavorlar bo'lakchalar shaklida keltirilgan quyuqroq konsistensiyadagi bo'tqalarni taklif qilishadi, bu esa bolaga chaynash ko'nikmalarini oson va tez o'zlashtirishga imkon beradi.
Sanoatda ishlab chiqarilgan bo'tqalar tayyorlangandan so'ng saqlanishi mumkin emas. Ular tayyorlanganidan so'ng 15-20 daqiqa ichida iste'mol qilinishi kerak.
Bolani uyda tayyorlangan kattalar bo'tqasiga o'tkazish vaqtini, har doimo bola organizmining individual xususiyatlari va onaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal qilish kerak. Ba'zi hollarda shifokor bilan maslahatlashish maqsadga muvofiq. Ba'zilar buni bir yoshligida bajarishsa, boshqalar esa uch yoshgacha ham bolalar bo'tqasini iste'mol qilishadi. Buning hech qanday yomon tomoni yo'q: bolalar ba'zi-bir ta'mlarni shunchalik yoqtiradilarki, ular maktab yoshiga qadar ham bu bo'tqalarni iste'mol qilishga tayyor bo'lishadi!